Bugungi kunga qadar Turkiyada 176,965 bemor koronavirus infeksiyasidan davolangan, deya xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja payshanba kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Foto: Sputnik

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Turkiyada yana 12 kishi COVID-19 virusidan vafot etgan. Mamlakatda ushbu kasallik tufayli vafot etganlar soni 5167 kishiga yetdi. Vazir koronavirus infeksiyasining ro‘yxatga olingan holatlarining umumiy soni 202,284 kishini tashkil etganligini va 1186 bemorning sinovlari ijobiy natijalarni ko‘rsatganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 515 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.