Foto: Xalq so’zi

Taqdim etilgan dastlabki maʼlumotnomaga koʻra, marhuma U.Oʻ.ning oʻlimi plevra boʻshligʻiga teshib oʻtuvchi sanchilgan – kesilgan yarasidan oʻtkir qon yoʻqotishi va yurak jarohatidan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan.

Prokuratura xodimlari va tergov – tezkor guruh tomonidan voqea joyi koʻzdan kechirilib, qonga oʻxshash dogʻlari bilan ifloslangan pichoq va janjal vaqtida ularni egnida boʻlgan kiyimlar hamda boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2020 – yil 26 – fevralda D.Oʻ.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1 – qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Gumonlanuvchi D.Oʻ. JPKning 227 – moddasi tartibida ushlanib, himoya huquqi bilan taʼminlangan holda yaqin qarindoshlariga xabar berilgan.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, deyiladi xabarda.