Hindistonda 30 yoshli kuyov to‘ydan ikki kun o‘tib vafot etdi. U 300 dan ziyod insonga koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi New York Post nashri.

nikoh Turkiya to'y kelin kuyov
Foto: Sof

Xabarga ko‘ra, kasbi dasturchi-muhandis bo‘lgan kuyov kasalligi bois (kuchli isitma va diareya) oila kattalaridan to‘yni o‘tkazmaslikni so‘ragan. Ammo unga quloq tutishmagan…

Eng ajablanarlisi, 14-iyun kuni kasali zo‘rayib ketgan kuyov ertasiga belgilangan to‘yni to‘xtatishga urinib ko‘rganida har ikki tomonning oila kattalari bunga unashmagan. To‘y bekor bo‘lsa, ular katta xarajatga tushishardi, degan kuyovning qarindoshlaridan biri.

To‘ydan so‘ng, ikki kun o‘tib, kuyovning ahvoli keskin yomonlashgan. Kasalxonaga ketishda, yo‘lning o‘zida jon taslim qilgan. Jasadini hindcha odatlarga ko‘ra, o‘tda kuydirishgan, koronavirusga chalinganini esa bilishmagan ham.

O‘sha qarindoshning aytishicha, qishloq tumanlarida bu kasallik kam kuzatilayotgani uchun odamlar koronavirusdan unchalik cho‘chishmaydi.

Ayni paytda mahalliy hukumat infeksiya keng tarqab ketishining oldini olishga urinmoqda. To‘yda qatnashgan odamlar (360 dan ortiq) tekshirilganida, 15 nafarida koronavirus aniqlangan.

Worldometers ma’lumotlariga ko’ra, hozirga kelib ushbu mamlakatda kasallik yuqtirib olish holatlari soni 607,344 nafarni, qurbonlar esa 17,873 kishini tashkil etmoqda.