Foto: Plan B

Qonunchilikka ko‘ra, protez – ortopediya buyumlari, reabilitasiya texnik vositalari va kreslo – aravachalar bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan imtiyozli shaxslarga quyidagilar kiradi:

  • pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar;
  • 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar;
  • 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Ushbu shaxslar tegishli protez – ortopediya buyumlari, reabilitasiya texnik vositalari va kreslo – aravachalar bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul ta’minlanadi.