Rossiyalik olimlar hayvonlar uchun koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqmoqdalar, deb yozadi RIA Novosti Rosselxoznadzor “Veterinariya tibbiyoti va hayoti” idoraviy nashriga tayanib.

Foto: RIA Novosti

“Vaksina o’ta sezgir hayvonlar uchun mo’ljallangan bular misolida mushuklar va minklar (norka)ni aytsa bo’ladi”, – dedi “VNIIZZH” FSBI direktorining tadqiqot va monitoring bo’yicha o’rinbosari Ilya Chvala.

Ta’kidlanishicha, ushbu emlash asosan sanoat miqyosida ko’paytiriladigan va koronavirusga moyil bo’lgan hayvonlarga buyuriladi. Masalan, genetik xususiyatlar tufayli bir-birlarini yuqtirishlari mumkin bo’lgan mink (norka)lar haqida aytmoqdamiz.

Koronavirusning yuqish holati avvalroq Gollandiyadagi minklar fermasida qayd etilgan edi. Shuningdek, butun dunyo bo’ylab uy mushuklarida ham kasallik aniqlangan holatlar bo’ldi.