Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati

Ushbu farmon bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh qilish Strategiyasi ham tasdiqlanadi. Shuningdek, mamlakat tarixidagi eng yirik xususiylashtirish dasturi va Korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish bo‘yicha muhim qarorlar loyihalari tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjatlarga ko‘ra, iqtisodiyotda davlat ishtiroki xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda kamaytiriladi. Natijada davlat ishtirokidagi korxonalar soni 80 foizgacha qisqaradi, deyiladi xabarda.