Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasining umumiy soni 661 mingdan oshdi. Bu haqda 2-iyul, payshanba kuni mamlakatning “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: Google

Mamlakatda bugun infeksiyaning yangi +6760 ta holati aniqlandi.

Shtab xabarida qayd etilganidek, butun davr mobaynida respublikaning 85 ta mintaqasida 661,165 ta yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jami 9683 o’lim qayd etilgan, 428,978 kishi infeksiyadan davolandi.

1-iyul holatiga ko’ra, Rossiya 85 mintaqasida 654,405 ta infeksiyani qayd etdi. Xabar qilinishicha, butun davr mobaynida jami 9536 kishi vafot etgan, 422,931 kishi tuzalib ketgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 515 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.