AQSh Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi a’zosi, DASKA antirossiya sanksiyalar to‘plamining hammuallifi, senator Robert Menendez AQSh Senatiga yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

Foto: Sputnik

Bu safar ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguga qarshi qaratilgan.

Menendez sanksiyalar zarurligini Rossiyaning Afg‘oniston Toliboniga qarshi “fitna” si bilan bog‘liq so‘nggi mojaro bilan izohladi. AQSh razvedka agentliklari Rossiyaning Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlarining o‘ldirilishi uchun Tolibonga mukofot taklif qilayotganiga oid dalillarni topdilar.

Senator quyidagilarni taklif qiladi:

  • Putin, Shoygu va “Rossiya hukumatining Afg‘onistondagi Amerika yoki koalitsiya qo‘shinlariga qarshi harakatlarda ishtirok etgan boshqa vakillarining” mol-mulkini muzlatish;
  • Rossiya mudofaa sektoriga bank cheklovlarini joriy etish;
  • “Putinga yaqin bo‘lgan rus oligarxlariga” qarshi sanksiyalarni kengaytirish;
  • ushbu sanksiyalarning amalga oshishini ta’minlash uchun ularni mudofaa byudjeti loyihasiga kiritish.

Avvalroq The New York Times nashri AQSh razvedka idoralaridagi manbalariga tayanib, Rossiya hukumati Afg‘oniston hududida o‘ldirilgan AQSh harbiylari uchun Tolibon harakatini moliyalashtirganini xabar qilgan edi. Keyinchalik ushbu xabar Kreml hamda Tolibon tomonidan rad etildi. Hatto AQSh prezidenti Donald Tramp bu voqeani “demokratlar fitna” siga bog‘ladi va nashrni “feyk yangiliklar” tarqatishda aybladi.