O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Foto: Sputnik

Qarorga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatmayotgan, ishlatilmay turgan noturar ob’ektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tashkil etilmoqda.

Markazning jami xodimlar soni 309 nafarni tashkil etadi.

Markaz Agentlikning tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.