Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev “Egemen Qazaqstan” nashriga bergan intervyusida birinchi prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan tanishuvi haqida yodga oldi, deb xabar beradi Sputnik Qozogʻiston.

Foto: Sputnik

Ikki yetakchi 35 yil oldin tanishishgan. Tokayevning soʻzlariga koʻra, u Nazarboyevni ilk marotaba Vatan sarhadlaridan tashqarida uchratgan.

“1985-yilning sentabrida Nursulton Abishevich Qozogʻiston SSR vazirlar kengashi raisi sifatida Xitoyga tashrif buyurgan edi. Oʻsha vaqtda men elchixonada faoliyat yuritardim. Oʻsha vaqtdayoq qozoq hukumat rahbari xitoy tomoni bilan muzokaralar davomida namoyon etgan: chuqur bilimi, fikrlari dadilligi, nutqining izchilligi va ravonligi bilan bizni hayratga solgan”, -deya yosh Nazarboyevdan oʻz hayratini yashirmagan To’qayev.

Oʻsha vaqtda Qozogʻistonning boʻlajak prezidentlar norasmiy tarzda suhbatlashishga muvaffaq boʻladilar. Aynan oʻshanda Qosim-Jo’mart To’qayev Nazarboyevni katta siyosiy kelajak kutayotganini fahmlaydi.

“Ikki yarim soat davom etgan norasmiy muloqotdan soʻng elchixona xodimlari bilan uchrashganimizda men hamkasblarimga qarab: “Biz hozirgina Qozogʻistonning boʻlajak prezidenti bilan suhbatlashdik, chogʻi”, degan edim. Oradan besh yil oʻtgach, Nursulton Nazarboyev mamlakatga rahbar boʻldi”, – deya qoʻshimcha qildi Qozogʻistonning ikkinchi prezidenti.

Shuningdek, To’qayev saxiy qalb bu inson uning iqtidoriga ishonch bildirib, bor bilim malakasini mamlakat foydasi – Qozogʻiston manfaatlari uchun xizmat qildirishga imkon berganini qoʻshimcha qilgan

To’qayevning aytishicha, BMT Bosh kotibi oʻrinbosari boʻlib ishlagan yillar davomida u dunyoning eng obroʻli siyosatchilari Nursulton Nazarboyev haqida aʼlo fikrlarni bildirishganini koʻplab marotaba eshitgan.