Bahraynda mikroorganizmlar, xususan, koronavirusni yo‘q qila oladigan robot ishlab chiqildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: Xabar

Robot 12 tilda gaplashadi, ovozli buyruqlarni bajaradi, yuzni tanish texnologiyasiga ega, tana haroratini o‘lchay oladi.

U viruslarga qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nur bilan ta’sir o‘tkazadi. Yarim soatda mikrorganizmlarni 90 foizgacha o‘ldira oladi. Ultrabinafsha nur mikroorganizmlarning membranasini yorib kirishi natijasida ularda DNK parchalanishi yuz beradi.

Robot ishlayotgan xonaga odamlarning kirishi mumkin emas, binafsharang nur inson hujayralari uchun ham xavfli.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 515 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.