Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 42,574 kishiga yetdi. Bemorlarning 14,059 nafari butunlay tuzaldi. 188 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 526 kishiga ko’payib, jami 6261 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 66 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 2530 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 2-iyul holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 6005 tani tashkil etmoqda va jami 52 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 4627 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 2-iyul holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 31,838 nafarni tashkil etmoqda. 774 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 15,651 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 515 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.