Adliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur hujjat sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga retsept yozishda dori vositalarining savdo nomini emas, balki uning tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalarni yozish talab etiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Bu esa fuqarolarga tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini o‘zlarining xohishiga asosan sotib olishlariga imkoniyat yaratadi, shuningdek tibbiyot xodimlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy holatlarni, tibbiyot xodimlari va farmatsevtika kompaniyalari o‘rtasidagi noqonuniy kelishuvlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Elektron tizimning joriy etilishi bir qator qulaylik va yengilliklar yaratadi:

  • Adliya vazirligiga kiritilayotgan hujjat qog‘oz shaklida berilmaydi va muhr bilan tasdiqlanmaydi;
  • vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi;
  • hujjatlar bir vaqtning o‘zida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi;
  • hujjatlarni qabul qilish uchun alohida adliya vazirining buyrug‘i qabul qilinmaydi, ular unikal raqam berilgan holda elektron davlat reyestriga kiritiladi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatlar avtomatik ravishda Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida (www.lex.uz) chop etiladi.