Norasmiy xabarga ko’ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasidan (xalq tilida “Sangorod’) mahkumning o‘ligi chiqdi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Skrinshot

Unga ko‘ra, 45 yashar marhum  F. X. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan bo‘lib, Navoiy viloyatidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. 

A. Tashanovning marhum yaqinlariga tayanib aytishicha,  F. X.  bir necha kun avval uyiga qo‘ng‘iroq qilib, koloniya xodimlari pul talab qilishayotganini bildirgan, hatto qandaydir hisob raqamlari ham berilgan ekan.

Xabar mazmunicha, marhum Navoiydagi koloniyada qiynoqqa solinib, adoyi tamom qilingach,  Toshkent viloyatidagi 64/18-sonli muassasasiga (“Sangorod”) olib kelingan. Shundan sakkiz kun o‘tib, u omonatini topshirgan.

Mazkur xabar ortidan “Xabar UZ” nashri darhol Bosh prokuratura bilan bog‘langan. Mahkama matbuot xizmati holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlab yuborilganini bildirgan.