Foto: Afisha

Xokkey matchlariga endigina koʻnikib borayotgan toshkentlik tomoshabinlar uchun bu birinchi xokkey mushlashuvi boʻldi. Xokkeychilardan birining yuzidan qon chiqdi. 

Lekin oʻyinning eng qiziq joyi, bu “Humo”ning ukrainalik legioneri Igor Merejko va “Toros” himoyachisi Andrey Bannikov mushlashuvi boʻldi desak xato boʻlmaydi. Xokkeychilar bir necha daqiqa davomida yaxshigina “boks” namoyish qilishdi, deyiladi xabarda.

Ushbu kutilmagan tomosha tribunadagilarga ham maʼqul keldi desak adashmaymiz. Xokkey matchlariga endigina koʻnikib borayotgan toshkentlik tomoshabinlar uchun bu birinchi xokkey mushlashuvi boʻldi. Andrey Bannikovning yuzidan qon ham chiqdi. 

Kutilganidek hakam ikkala xokkeychini ham 5 daqiqaga oʻyindan chetlatdi, deb aytiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Humo jamoasi pley – off seriyasida boʻlib oʻtgan 2ta dastlabki oʻyinlarni boy bergan edi. Navbatdagi oʻyin 27 fevral kuni  boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.