O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatida xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida Prezident farmoyishi e’lon qilindi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, Xalqaro press-klub sharhlovchisi G‘ulomjon Xursandovich Samadov tadbirlar yoritilishini tayyorlash shu’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Nosirjon Jamoliddinovich Jo‘rayev tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etilsin.