O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Farhodjon Shavkatovich Mahmudov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Darakchi

Farhodjon Mahmudov bunga qadar Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosar edi.

MTRK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Xayrulla Nuritdinov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilingan.