2020-yil 1-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8671 (+44) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 14 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 2 nafari Buxoro viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 9 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5737 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2908 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.