Foto: Sputnik

Taʼkidlanishicha, QR – kod qoʻyish tizimi OTM tomonidan berilgan diplomlarning haqiqiyligini aniqlashda eng samarali yechim boʻladi.

Majidovning soʻzlariga qaraganda, oliy taʼlim tizimida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish maqsadida 2020 yil yoʻl xaritasidagi vazifalari qaytadan koʻrib chiqilgan. Yil davomidagi tajriba va qaysi masalalar yechimini topmaganidan kelib chiqqan holda yoʻl xaritasi yana bir bor ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

“Bularning ichiga elektron universitet loyihasi doirasida oʻquv jarayonini elektronlashtirish va natijada jarayonlarda shaffoflikni taʼminlash mexanizmlari kiritildi. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarga QR-kod qoʻyib, ularni berish bu yildan boshlanadi”, – dedi vazir “Oliy taʼlim – korruptsiyasiz soha” mavzusidagi xalkaro ilmiy-amaliy konferentsiyada.

Taʼkidlanishicha, QR – kod qoʻyish tizimi OTM tomonidan berilgan diplomlarning haqiqiyligini aniqlashda eng samarali yechim boʻladi, deyiladi xabarda.