Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O.Yu va J.N. firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro M.A. ning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali uni Buxoro texnologiya institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishga ishontirib, evaziga 6000 AQSh dollari talab qilishib, shundan, 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O.Yu. va J.N. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Xalq so’zining xabariga ko’ra, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.