“Interjob” hamda “Imir Jobs recruitment company and consulting” xususiy bandlik agentliklariga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi bekor qilindi.

Foto: Xalq so’zi

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarinii litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 49-bandiga muvofiq “Interjob” va “Imir Jobs recruitment company and consulting” xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi, deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.