AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) sut oqsili konsentrati, sut oqsili izolati va zardob oqsili konsentrati mahsulotlarini “yuqori oqsilli” deb tamg‘alashga ruxsat berdi.

Foto: Google

Sut ishlab chiqaruvchilar xalqaro assotsiatsiyasi (IDFA) vitse-prezidenti Jo Skimekaning ta’kidlashicha, FDA yuqori sifatli oqsil konsentratlaridan foydalanadigan sut zavodlariga mahsulotlarni “yuqori oqsilli”, deb markalashga ruxsat bergani, sut sanoatida innovatsiyalar uchun ijobiy qadamdir. Bu orqali iste’molchilarni yanada to‘yimli, sifatli sut mahsulotlari bilan ta’minlashga erishsa bo‘ladi.

“IDFA standartlar va qoidalar ishlab chiqarish zanjirining xavfsizligi, sifati va barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashiga ishonadi. Ammo, haddan tashqari qat’iy qoidalar innovatsiyalarni to‘xtatishi, AQSh va jahon bozorida sut mahsulotlarining raqobatbardoshligini pasaytirishga olib kelishi mumkin. IDFA, FDA bilan markirovkaning moslashuvchanligi bo‘yicha ishlashni davom ettiradi, bu sut sanoatida ko‘proq innovatsiyalarga yo‘l ochadi”, – deya qo‘shimcha qilgan Jo Skimeka.