Foto: Human

Hindiston poytaxtida tartibsizliklar 24 fevral kuni boshlangan edi.

Ma’lumki, shu vaqt ichida o‘lganlardan tashqari 200 kishi jabrlangan, yana o‘nlab odamlar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Shahardagi to‘qnashuvlar Janubiy Osiyoning bir qator davlatlaridan kelgan musulmon bo‘lmaganlarga, agar ular o‘z vatanida zulm ko‘rsa, ularga Hindiston fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda taqdim etishni ko‘zda tutuvchi fuqarolik to‘g‘risidagi qonun tufayli yuzaga keldi.