Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasining umumiy soni 654 mingdan oshdi. Bu haqda 1-iyul, chorshanba kuni mamlakatning “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: TASS

Mamlakatda bugun infeksiyaning yangi +6556 ta holati aniqlandi.

Shtab xabarida qayd etilganidek, butun davr mobaynida respublikaning 85 ta mintaqasida 654,405 ta yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jami 9536 o’lim qayd etilgan, 422,931 kishi infeksiyadan davolandi.

30-iyun holatiga ko’ra, Rossiya 85 mintaqasida 647,849 ta infeksiyani qayd etdi. Xabar qilinishicha, butun davr mobaynida jami 9320 kishi vafot etgan, 412,650 kishi tuzalib ketgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 509 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.