“Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4766, 30.06.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Google

Qarorga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi, bu bo‘yicha tegishli Hukumat qarori qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, davlat qo‘riqxonalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘ladi, uning hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi (ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritishdan tashqari).

Tabiat bog‘larining hududlari zonalarga ajratilgan bo‘lib, ayrim zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy ob’ektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo‘l qo‘yiladi.