Foto: Spot

2020 – yilning yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019 – yil yanvar oyidagiga qaraganda 28,4 million dollarga kamroqni tashkil qiladi.

Nashrning yozishicha, bunday keskin qisqarishga 2019 – yilda narxi 40 ming dollardan ortiq bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda bo‘lgani va 2020-yilning 1 – yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab bo‘lgan.

Avvalroq “O‘zavtosanoat” ichki bozorda BMW va Toyota bilan raqobat qilmoqchi ekanligini bildirgan, chunki 2019 – yilda mazkur kompaniyalarning premium sinfidagi avtomobillari importi anchagina o‘sgan. Aynan ana shu segmentdagi BMW avtomobillari importi o‘tgan yilda 2018-yilga nisbatan 400 marta ortgan, Toyota’da esa o‘sish 200 martani tashkil qilgan.

Shuningdek, “O‘zavtosanoat” xorijiy avtomobillarga nisbatan imtiyozlarning bekor qilinishiga aloqador emasligini bildirgan.