Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

2007-yil 27-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019-yil 29-aprel) ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–624, 30.06.2020 y.) O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta’minlash, o‘z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.