Yaponiya hukumati koronavirus bilan kasallangan odamlar soni keskin ko’paygan taqdirda mamlakatda favqulodda vaziyatlarni qayta joriy etishga ruxsat berdi. Bugun bo’lib o’tgan navbatdagi matbuot anjumanida Yaponiya Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosihide Suga ma’lum qilgan.

Foto: TASS

“Agar yangi infektsiyalar soni, bizning harakatlarimizga qaramay, keskin o’sishni boshlasa, vaziyat yomonlashishi bilan favqulodda holat rejimi qayta e’lon qilinishi mumkin”, – dedi u.

Shu bilan birga, Suga hozirgi paytda bunday choralarga ehtiyoj yo’qligini ta’kidlagan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Yaponiyada kasallanganlarning umumiy soni 19,481 kishiga yetgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 509 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.