Missisipi gubernatori Teyt Rivz davlat bayrog’ini o’zgartirishga rasman ruxsat berdi, chunki unda Konfederatsiyaning ramzlari, ya’ni AQShning janubiy shtatlari 19-asrdagi fuqarolar urushi davrida qullikni qo’llab-quvvatlovchi ittifoq bo’lgan, deya xabar beradi CBS News.

Foto: Trend

Ushbu qaror AQShda afro-amerikalik Jorj Floydning o’ldirilishi yuzasidan noroziliklar paytida qabul qilingan. Hudud aholisining qariyb 55 foizi shtatning savdo palatasi tomonidan o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra bayroqni o’zgartirishni qo’llab-quvvatlashdi.

“Bayroq bugungi kunimiz, xalqimiz va kelajagimiz timsolidir. Shu sabablarga ko’ra bizga yangi ramz kerak bo’ladi”, – dedi Rivz.

Endi Missisipi aholisi noyabrda yangi davlat bayrog’ini tanlashlari mumkin bo’ladi.

May oyida Minnesota shtati Minneapolis shahrida norozilik va tartibsizliklar 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qoʻlga olinayotgan vaqtda hayotdan koʻz yumganidan soʻng boshlanib ketgan edi.

Ushbu voqeadan keyin yuzlab shahar aholisi norozilik bildirib, koʻchalarga chiqdi. Bunday namoyishlar keyinchalik tezda mamlakatning boshqa shaharlariga ham tarqalib, politsiya bilan toʻqnashuvlar yuz berdi. Uylar, doʻkonlarga oʻt qoʻyildi, koʻplab davlat va xususiy mulklarga moddiy zarar yetkazildi.