Sog’liqni saqlash vazirligi xabariga ko’ra, bugun mamlakatimizda koronavirus kasalligidan sog’ayishlar soni 186 nafarni tashkil etdi.

Foto: SSV axborot xizmati

Ayni vaqtga qadar poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 64 nafar, Xorazm viloyatida yana 1 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 113 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3369 nafar bemor sog‘aydi.

Xorazm viloyatida esa COVID-19’dan tuzalganlarning soni 302 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 240 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida esa 67 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi.

Yuqorida qayd etilganidek, bugun 186 nafar bemor COVID-19’dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.