Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o’tkazildi. Bu haqda Xalq so’zi yozmoqda.

Foto: Google

Tezkor tadbir davomida Asaka tumani tibbiyot kolleji bosh hisobchisi B.X. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Hamshiralik ishi” yoʻnalishida oʻqiganligi haqida diplom olib berish evaziga oldindan talab qilgan 1100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Qayd etilishicha mazkur holat yuzasidan B.X. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq, Qoraqalpogʻistonda dekan oʻrinbosari 3 ming dollar, SamDAQI o‘qituvchisi esa 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar qilingan edi.