Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi Mamatqul ota Berdialiyev bu yil yana talaba bo‘lish orzusi bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O’zA

O‘tgan yili mazkur ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limida test sinovlarini topshirgan M. Berdialiyevning omadi chopmay qoldi. Shu bois 79 yoshli oe6taxon o‘tgan davrda fanlardan chuqur tayyorlanib, agronomiya mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi ta’lim yo‘nalishida o‘qish istagini bildirdi.

O‘ttiz yil qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib, nafaqaga chiqqanman, – deydi 79 yoshli abituriyent. – Hozir o‘qish uchun yaratilgan sharoitlardan ruhlanib, oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishni ko‘nglimga tukkanman. Shu maqsadda ta’lim dargohiga onlayn hujjat topshirdim. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalar safidan o‘rin olsam, o‘z hayotiy tajribamni yoshlarga o‘rgatmoqchiman.