Jizzax viloyati Do’stlik tumani ertadan boshlab kirish va chiqish uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB

Qayd etilishicha, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muxofaza qilish maqsadida Do‘stlik tumaniga 2020-yil 30-iyun soat 00:01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi.

Qo’shimcha qilinishicha, bu bo‘yicha Jizzax viloyat va Do’stlik tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.