Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq, fuqarolarni mehmonxonalarda karantinga olish tartibi belgilandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda 300 ming so‘mgacha narxdagi 599 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami 13 ta, 301-500 ming so‘m narxdagi 4256 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami 54 ta, 501 ming so‘mdan yuqori narxdagi 3616 o‘ringa mo‘ljallangan jami 35 ta mehmonxonalar ro‘yxati shakllantirilgan.

Karantin davrini o‘tkazish uchun mehmonxonalar ro‘yxatini ushbu havola orqali va yo‘riqnomasini esa bu havola orqali ko’rishingiz mumkin.