Joriy yil boshida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 1979-yildan beri rekord darajala pasaydi, deya xabar beradi Reuters agentligi.

Foto: Kazinform

Milliy statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-mart oylarida yalpi ichki mahsulot 2,2 foizga pasaydi.

Bosh vazir Boris Jonson seshanba kuni infratuzilmaga 5 milliard funt (6,13 milliard AQSh dollari) sarmoya jalb qilishni ta’kidlashi va Britaniya iqtisodiyotining tiklanishini tezlashtirish rejasini taqdim etishi kutilmoqda.

Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 2020-yilning birinchi yarmida 20 foizga pasayishi mumkin, shu oy boshida Angliya Banki aprel-iyun oylarida koronavirus tufayli qattiq karantin e’lon qildi. Angliya Banki bu yilgi iqtisodiy pasayish uch asrdagi eng yomoni bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bugungi raqamlar, birinchi chorak uchun ilgari e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslanib, uy xo‘jaliklarining tejamkorligi oshganligini ko‘rsatdi, chunki statistik ma’lumotlarni to‘plash boshlangan 1950-yillardan beri ularning xarajatlari eng katta sur’atda pasaygan.