Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Farg’ona viloyat IIB ma’lum qildi.

Foto: Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati

Uchko‘prik tumanida shu yilning 27-iyun kuni M.Sh. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Suyunchol qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarma-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Yu.B. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilishi oqibatida M.Sh. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi Yu.B, yo‘lovchilar N.Z. va M.N. lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.