Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Bunyod Abdullayev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

Brifingda muhim savollar yuzasidan javob berildi:

Savol: Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun jarima belgilanganmi?

Javob: Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 911-moddasiga asosan:

  • fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha (ya’ni 111,500 so‘mdan 669,000 so‘macha), mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (669,000 so‘mdan 1, 115 000 so‘mgacha).