Xitoylik olimlar yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan cho’chqa grippining yana bir turini topishdi. Bu haqda Amerikaning PNAS ilmiy jurnalidagi nashrga asoslanib, The Guardian xabar bermoqda.

Foto: EPA-EFE / ALEX PLAVEVSKI

Olimlarning ta’kidlashicha, G4 deb nomlangan yangi virus shtabi H1N1 shtammiga genetik ravishda bog’langan, bu 2009-yildagi pandemiyaga sabab bo’lgan. Ularning so’zlariga ko’ra, virus uning barcha odamlarga yuqishi mumkinligini ko’rsatadigan hamma belgilarga ega.

Hozirgi vaqtda virusni hayvonlardan odamga yuqtirish holatlari qayd etilgan, ammo olimlar nashr etgan ma’lumotlarga ko’ra, odamlar orasida yuqish holatlari uchramagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,2 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 504 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.