Qozog‘istonning Jambil viloyatida benzin hamda yuk ortilgan poyezd platformasi relsdan chiqib ketdi va natijada yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Gazeta nashri yozmoqda.

Foto: Sof

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining rasmiy vakili Nursulton Nurahmedovning so‘zlariga ko‘ra, Shokpar stansiyasiga kirib kelayotgan ikkita vagon yonboshga qulab tushgan.

Hodisa natijasida neft mahsulotlari yerga to‘kilgan va quyosh nuri ta’sirida qizigach, umumiy maydoni 600 kv. m. bo‘lgan yong‘in kelib chiqqan.

Hozirda alanga o‘chirilgan. 

Vagon qulashi sababli 10 ta yo‘lovchi poyezdining harakatida kechikishi yuz berdi.

Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q, deya ta’kidladi Nurahmetov.