Rossiya MDH davlatlariga avia-parvozlarni boshqa davlatlarga koʻra oldinroq yoʻlga qoʻyishi mumkin, deya bayonot qildi jurnalistlarga transport vaziri Yevgeniy Ditrix.

Foto: RIA Novosti

“MDH mamlakatlari — bu bizga yaqin boʻlgan xalqaro parvozlardir. Ehtimol, biz ushbu hududga umumiy xalqaro yoʻnalishlardan koʻra ertaroq boshlashimiz mumkin”, – dedi u.

Sal oldin Turkiya tomoni 15-iyul sanasidan Rossiyaga muntazam reyslarni tiklash uchun Rossiya tomonidan tasdiqni kutayotgani haqida xabar berilgan edi. Anqaradi Rossiya elchisi Aleksey Yerxovga koʻra, bugungi kunda Rossiya va Turkiyaning tegishli idoralari ushbu masalani muhokama qilishmoqda.

Rossiya COVID-19 pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni 27-mart sanasidan vaqtinchalik toʻxtatgan edi. 

Mamlakatda 641 mingdan ortiq koronavirus infektsiyasi holati aniqlandi. 403 mingdan ortiq bemor davolandi.