Chigirtkalar Pokistondan keyin Hindistonga hujum qilishdi. Davlatlar chegarasidagi Rajastanni hasharotlardan iborat bulut qopladi. Bu haqda Izvestiya nashri yozmoqda.

Hindistonning beshta shtatida chigirtkalarning ulkan galasi qayd etildi. Gurgaon osmoni hasharotlarning ko‘pligidan qorayib qoldi. Chigirtkalar uylarning tom va ayvonlariga yopishib oldi.

Chigirtkalarning kattaroqlari kuniga 150 km masofagacha yo‘l bosishi mumkin. Hasharotlar Hindiston poytaxti — Nyu-Dehligacha yetib borishdi. Hokimiyat yuqori tayyorgarlik tartibini e’lon qildi.

Aholidan derazalarni yopish hamda o‘simliklarni panaga olish so‘ralmoqda.