Foto: Google

Qaror bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan.

Mazkur bitim 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.