Dunyoda eng tez ommalashayotgan tarmoqlardan biri telegram’ning kompyuter versiyasida (Telegram Desktop) ham bir nechta akkauntlardan foydalanish mumkin bo‘ldi. Bu haqda Telegram’ning o‘zbek tilida yuritiladigan rasmiy kanalida ma’lumot berildi.

Foto: RIA Novosti

“Siz kutgan vaqt keldi — Telegram Desktop 2.1.14 beta-talqinida siz mobil ilovadagidek 3 ta akkauntdan foydalanishingiz mumkin” – deyiladi xabarda.

Shunday qilib, bir nechta profildan foydalanish yanada qulayroq bo‘ladi:

  • 1 dasturda 3 ta profil;
  • 1 kompyuterga esa cheksiz dasturlarni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, telegram yaratilgan qulayliklarga qaramay, soxta akkauntlardan foydalanish yaxshi emasligini eslatib o‘tdi.