Avval xabar qilganimizdek, respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab bir qator cheklovlar kiritildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Komissiya qaroriga ko‘ra, quyidagi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi:

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’yektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qo‘lqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanish;
  • yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yo‘lovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;
  • supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;
  • «sariq» hududlarda (soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar) va
  • «qizil» hududlarda (07:00 dan – 10:00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha)

Avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat berilgan vaqtdan boshqa vaqtlarda harakatlanmaslik belgilandi.

  • to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish.