Foto: Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i telegram kanali

Xabarda Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 million so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘ining xabar berishicha, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tadbirda, fuqarolar K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona “Tropikamid” dorisini 105 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.