O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga rahbar tayinlandi.

Foto: Xalq so’zi

Unga ko’ra, Turaxo’jayev Halilillo Sobirjonovich Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar H. To’raxo’jayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlat xizmatlari agentligi tizimi jamoasi Halilillo Sobirjonovichni tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi, deyiladi DXA xabarida.