Mazkur holat yuzasidan O.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Google

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, tarkibida simob moddasi mavjud deb shubhalanilgan, kukun shaklidagi ashyoni xaridor J. ga firibgarlik yo‘li bilan 28,000 AQSh dollariga sotishga kelishib, bir dona shisha idishdagi kukunsimon moddani 18,000 AQSh dollari va 101 mln so‘mga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu kukunsimon modda aslida “simob” emas, balki “alyuminon” moddasi ekanligini tasdiqlagan.

Bosh prokuratura axboroti xizmatiga ko’ra, mazkur holat yuzasidan O.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.