2020-yil 30-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 (+76) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5496 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2778 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.