Kanada hukumati mamlakatga kirgan barcha Kanada fuqarolari uchun bugun tugaydigan majburiy karantinni uzaytirdi. Bu haqda “CBC”ga tayanib, TASS xabar qildi.

Foto: DW

Kanalning hukumatdagi manbasiga ko’ra, mamlakatga kiruvchi barcha fuqarolar 30 kundan keyin 14 kun davomida o’zlarini izolyatsiya qilishlariga to’g’ri keladi. Ushbu chora 25-mart kuni joriy etilgan edi. Bu holat qancha muddatga cho’zilishi haqida ma’lumot berilmagan. Kanada chegaralari hanuzgacha chet elliklar uchun yopiq qolmoqda.

Kanadada koronavirus infeksiyasining birinchi holati 15-yanvar kuni qayd etilgan, shu paytgacha 103,8 mingdan ortiq odamda kasallik aniqlangan, ulardan 8,5 ming kishi vafot etgan, 67 ming bemor ushbu kasallikdan tuzalgan.

Dushanba kuni Bosh vazir Jastin Tryudo Kanadada koronavirusga qarshi kurashda olg’a siljiyotganini ma’lum qildi, ammo xavf hali ham o’tmadi va mamlakat pandemiyaning ikkinchi darajali to’lqiniga tayyorlanmoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, statistika shuni ko’rsatadiki, koronavirus tufayli yuqtirganlar va halok bo’lganlar soni doimiy ravishda kamaymoqda va ba’zi hududlarda bunday holatlar endi qayd etilmaydi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,2 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 504 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.