IIV YHXBB Axborot xizmati

Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining o’zgarishi, ayrim hududlarda qor, ayrimlarida esa yomg’ir yog’ishi va avtomobil yo’llarida muzlamalar hosil bo’lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo’llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo’l – transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo’lishi mumkinligini inobatga olgan holda haydovchilarni ogohlikka chaqirdi.

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xaydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa dovon yo`llarida harakatlanishda ob – havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz  transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo’lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmasliklarini, piyodalardan yo’lni kesib o’tishda o’ta hushyor bo’lishlarini, kattalardan yo’llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so’radi, xabarda.